inadvance

Yordam markazi

Bron, toʻlov, bekor qilish va joy egalari uchun javoblar.

Qanday bron qilaman?

Joy sahifasida kun va vaqtni tanlang, «Davom etish»ni bosing, telefon raqamingizni kiriting va Payme yoki Click orqali toʻlang. Toʻlov paytida vaqt siz uchun 5 daqiqa saqlanadi. Roʻyxatdan oʻtish faqat toʻlov oldidan soʻraladi.

Qanday toʻlayman? Joyida toʻlasa boʻladimi?

Bron saytda Payme yoki Click orqali toʻliq oldindan toʻlanadi — shu bilan vaqt siz uchun kafolatlanadi. Karta maʼlumotlaringizni biz saqlamaymiz.

Bronni qanday bekor qilaman va qancha qaytadi?

Buyurtmalarim sahifasida bronni oching va «Bekor qilish»ni bosing — ekranda qancha qaytishi koʻrsatiladi. Erta bekor qilsangiz pul toʻliq qaytadi. Kech bekor qilsangiz (toʻyxonalar: 72 soatdan, boshqa joylar: 24 soatdan kam qolganda) 15% ushlab qolinadi. Batafsil: Bekor qilish va pulni qaytarish.

Qaytarilgan pul qachon keladi?

Pul toʻlov qilgan kartangizga Payme yoki Click orqali qaytariladi. Bank va toʻlov tizimiga qarab bu bir necha ish kuni olishi mumkin. Holatini Buyurtmalarim sahifasida koʻrasiz.

Kela olmasam yoki kechiksam nima boʻladi?

Kela olmasangiz, bronni oldindan bekor qiling — erta bekor qilsangiz pul toʻliq qaytadi. Kelmasangiz pul qaytarilmaydi. Kechikayotgan boʻlsangiz, bron sahifasidagi chat orqali joy egasiga yozing. Kech bekor qilish haqi: 15%.

Joy yopiq edi yoki xizmat koʻrsatilmadi. Nima qilay?

Bron sahifasida «Muammo haqida xabar berish»ni bosing — tashrifdan keyingi kuni soat 10:00 gacha. Administrator koʻrib chiqqunga qadar joy egasiga pul oʻtkazilmaydi; qaror boʻyicha pul toʻliq yoki qisman qaytariladi.

Tasdiq va eslatmalar qayerga keladi?

Telegram botimizga (toʻlov paytida bir bosishda ulanadi) va brauzer bildirishnomalariga. Ularni profilingizdagi sozlamalarda yoqib-oʻchirasiz. SMS va email yuborilmaydi.

Promokod, bonus ballar va taklif chegirmasi qanday ishlaydi?

Toʻlov sahifasida bitta chegirmani tanlaysiz: promokod, shu joydagi bonus ballar yoki doʻst taklifi chegirmasi — ular qoʻshilmaydi. Ballar tashrifdan keyin yoziladi, Bonuslarim sahifasida koʻrinadi.

Sharhni qanday qoldiraman?

Tashrifdan keyin bron sahifasida baho, matn va rasmlar bilan sharh qoldirasiz. Sharhni faqat haqiqatda kelgan mijozlar yozadi.

Hisobimni qanday oʻchiraman?

Profil sahifasining pastida «Hisobni oʻchirish» bor. Kelgusi bronlaringiz boʻlsa, ulardan 50% sizga qaytadi — shuning uchun avval bronlarni bekor qilishni tavsiya qilamiz.

Javob topmadingizmi?

Telegram orqali yozing: bot 24/7 javob beradi, odam 09:00–21:00 da yozadi.

Telegram orqali yozish